Davom Do'kon
To'liq imkoniyatli savdo dasturiOziq-ovqat, maishiy texnika va aralash do'konlar uchun. Katta assortiment, qarzdor mijozlar va bir nechta narx darajasi bilan ishlaydiganlarga.
Chek chop etish, shtrix-kod bilan savdo, ombor va qarz nazorati, Telegram orqali buyurtma va Excel hisobotlar. Ma'lumotlaringiz o'z kompyuteringizda qoladi.
Uchalasi ham bir xil yadroda qurilgan — chek, skaner va hisobot hamma joyda bir xil ishlaydi. Farqi ishning turida.
Oziq-ovqat, maishiy texnika va aralash do'konlar uchun. Katta assortiment, qarzdor mijozlar va bir nechta narx darajasi bilan ishlaydiganlarga.
Menyu bo'yicha savdo, oshxonaga buyurtma yuborish va Telegram orqali onlayn buyurtma qabul qilish.
Tez o'rnatiladi, kuchsiz kompyuterda ham ravon ishlaydi. Elektron tarozi bilan bog'lanadi.
80 mm termal printerga logotip, QR kod va o'z matningiz bilan. Chop etishdan oldin ko'rib olasiz.
Klaviatura rejimidagi istalgan skaner ishlaydi. Mahsulot o'qilishi bilan chekka tushadi.
Xodim o'z telefonidan zal bo'ylab yurib savdo qiladi — bir Wi-Fi tarmoqda, brauzer orqali.
Botni o'zingiz ochasiz va ulaysiz — mijozlar buyurtma beradi, hisobot sizga tushadi. Bot siznikida qoladi.
Kim qancha qarzdor, muddati qachon — dastur o'zi eslatadi. Har mijozga alohida narx darajasi.
Sotuv, kirim va ombor qoldig'i tayyor jadval bo'lib chiqadi. Kunlik zaxira avtomatik olinadi.
Google hisobingiz bilan kirasiz, telefon raqamingizni qoldirasiz.
O'rnatuvchini ishga tushirasiz, do'kon nomi va printeringizni ko'rsatasiz.
Hamma imkoniyat ochiq. Yoqsa — davom etasiz, yoqmasa — hech narsa to'lamaysiz.
Ha. 30 kun davomida hech qanday cheklov yo'q, va har bir mahsulotni alohida sinab ko'rasiz.
Bitta kompyuterga. Lekin kabinetdan boshqasiga o'tkazish oyiga ikki marta bepul.
Sizniki. Botni o'zingiz ochasiz va tokenini dasturga kiritasiz — u to'liq sizning nazoratingizda.
Savdo davom etaveradi. Dastur internetni vaqti-vaqti bilan tekshiradi va aloqasiz ikki haftagacha ishlayveradi.
Ro'yxatdan o'tish bir daqiqa. Sinov uchun to'lov ma'lumotlari so'ralmaydi.